O'zbekiston Tarixi 7-sinf $ 3
Quiz
1 / 34
- V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O'rta Osiyoda go'za ekilganligini qaysi manbalardan bilib olishimiz mumkin?
- Sosoniy manbalaridan
- xitoy manbalaridan
- arman manbalaridan
- Vizantiya manbalaridan
- Quyidagi shaxslardan eftaliy hukmdorini aniqlang.
- Mihirakula
- Shavshafan
- Kidar
- Kanik
- Eftaliylar hukmronligi davrida qayer o'zining zotli arg'umoqlari bilan mashhur edi?
- Toxariston
- Sug'diyona
- Farg'ona
- Xorazm
- Samarqand viloyatining janubiy tumanlarini suv bilan ta'minlaydigan V asrda barpo etilgan kanalni aniqlang.
- Darg'om
- Bo'zsuv
- Zog'ariq
- Kampirtepa
- Ilk o'rta asrlarda hozirgi Qozog'istonning janubi va Toshkent viloyatini suv bilan ta'minlaydigan kanalni aniqlang.
- Zog'ariq va Bo'suv
- Kampirtepa va Zog'ariq
- Darg'om va Kampirtepa
- Bo'zsuv va Darg'om
- Ilk o’rta asrlarda Chag’aniyon deyilganda hozirgi qaysi hudud nazarda tutilgan?
- Surxondaryo
- Badaxshon
- Jizzax
- Qarshi
- Eftaliylar hukmronligi davrida sosoniy savdogarlari bilan kimlar raqobat qilardilar?
- Toxarlar
- Shoshliklar
- Xorazmliklar
- Sug’diylar
- Eftaliylar ichki va tashqi savdoda dastlab kimlarning tangalaridan foydalanganlar?
- Xorazmshohlar
- Sosoniylar
- Turklar
- Toxarlar
- Kofirqal’adan topilgan sopol ko’za qaysi davrga tegishli hisoblanadi?
- V-VI asrlar
- VIII-IX asrlar
- VI- VII asrlar
- VII- VIII asrlar
- V asr o'rtalarida eftaliylar Xitoydagi qaysi davlat hududining bir qismini bosib oldilar?
- Suy
- Sun
- Bey-Vey
- Tan
- Ilk o’rta asrlarda maxsus ko’tarma qiya yo'l nima deb nomlangan?
- pandus
- terrakota
- shinak
- g’ulomgardish
- Eftaliylar hukmronligi davrida chorvador aholi o’rtasida qaysi til ommalashgan edi?
- Turkiy
- Sug’diy
- Baqtriya
- Xorazm
- V-VI asrlarda xalqaro savdo tili bo’lgan tilni aniqlang.
- Baqtriya
- Xorazm
- Turkiy
- Sug’diy
- V-VI asrlarda O’rta Osiyoda tarqalgan yozuvlar qatoriga quyidagilardan qay biri kirmaydi?
- Sug’diy yozuvi
- Eftaliy yozuvi
- Turkiy yozuvi
- Xorazm yozuvi
- Eftaliylar xati qaysi yozuv asosida paydo bo’lgan edi?
- Baqtriya
- Sug’diy
- Xorazm
- Turkiy
- Eftaliylar alifbosi …….. harfdan iborat bo’lib, yozuv ………………… tomon yozilgan.
- 26 ta, chapdan o’ngga
- 28 ta, chapdan o’ngga
- 25 ta, chapdan o'ngga
- 25 ta, o’ngdan chapga
- O’rta Osiyolik shishasozlar Xitoy hunarmandlaridan shisha tayyorlash sirini o’rgatgan davrni aniqlang.
- VIII asrda
- VII asrda
- VI asrda
- V asrda
- Eftaliylar e'tiqodi qanday bo'lgan?
- o'tga va quyoshga sig'inadigan otashparast bo'lganlar
- nasroniylik diniga e'tiqod qilganlar
- zardushtiylik diniga e'tiqod qilganlar
- buddaviylik diniga e'tiqod qilganlar
- Beruniyning ma'lumotiga ko'ra xorazmshoh unvonini kim birinchi bo'lib olgan?
- Xusrav
- Saksafar
- Kayxusrav
- Farasman
- Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida tashkil topgan davlatlaring qaysi biri Xitoyga o’z elchilarini jo’natgan?
- Afrig’iylar
- Kidariylar
- Eftaliylar
- Xioniylar
- Eftaliylar davrida aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko’chmanchi qismi….
- tuyachilik, boshqa davlatlar bilan savdo-sotiqda vositachilik qilish uchun
- dehqonchilik, asosan donli ekin ekish bilan shug’ullangan
- chorvachilik, xususan qoramol va qo’y-echkilar boqish bilan shug’ullangan
- hamon zotli arg’umoq bilan mashhur edi
- Eftaliy davrida ziroatkor yerlarning kattagini qismi hali ham qishloq jamoalari tasarrufida bo’lsada, hamma mamlakatdagi yer maydonlarining ma’lum bir qismi….
- Chokarlar qo’lida to’plana boshladi
- Kashovarzlar qo’lida to’plana boshladi
- Kadivarlar qo’lida to’plana boshladi
- Dehqonlar va ibodatxonalar ixtiyorida bo’lgan.
- Eftaliylar davri binokorligi va me’morchiligida qasrlar alohida o’rin tutgan. Ularning ayrimlari hatto ikki qavatli bo’lib, yuqorisiga … orqali ko’tarilgan.
- Shad
- Pandus
- Arqon
- Chig’ir
- O’rta Osiyo shishasi rangdorligi yarqiroqligi va tiniqligi jihatidan… shishasidan ustun turgan.
- Xitoy
- Hindiston
- Vizantiya
- So’g’d
- Qaysi hududda g’alladan tashqari sholi ham yetishtirilar edi?
- Toxariston va Sug’d o’lkasi
- Qashqadaryo va Surxondaryo vodiysi
- Qashqadaryo va Zarafshon vodiysi
- Farg’ona va Xorazm o’lkasi
- Qaysi hududda rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblanardi?
- Toxariston va Sug’d o’lkasi
- Farg’ona va Xorazm o’lkasi
- Qashqadaryo va Surxondaryo vodiysi
- Qashqadaryo va Zarafshon vodiysi
- Eftaliylar davrida qaysi davlat hukmdorlar o’z saroylarini O’rta Osiyodan keltirilgan rangli shishlalar bilan bezatilgan?
- Vizantiya imperatori
- Hindiston Rojalari
- Eron shaxanshohlari
- Xitoy imperatori
- Xvabular kimlar?
- yirik yer egalari
- ruhoniylar
- qabila oqsoqollari
- avdogarlar
- Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai ……. hisoblanadi.
- Bo’zsuv
- Zog’ariq
- Darg’om
- murg’ob
- Ipak yo’li savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan …….. vositachilik rolini o’ynaydi.
- Turklar
- Sug’dlar
- Forslar
- Eftallar
- O’rta Osiyo aholisi turli tillarda so’zlashgan.Chorvador aholi o’rtasida …….. muhiti hukmron edi.
- Fors tili
- Turkiy tili
- Mo’g’ul tili
- Sug’d tili
- Qaysi til xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg’ona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib boradi?
- Fors tili
- Mo’g’ul tili
- Sug’d tili
- Turk tili
- Eftaliylar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan?
- 22 ta
- 38 ta
- 20 ta
- 25 ta
- V-asrda O’rta Osiyoliklar Xitoy hunarmandlariga nimani o’rgatadilar?
- qurol yarog’ yasashni
- rangli shisha va shisha buyumlar yasashni
- charmdan egar-jabduq yasashni
- ot-aravalar va duradgorlik san’atini
Juda zo'r test ekan. rahmat. Iloji bo'lsa qolgan mavzulardan ham online test qilib bering
ОтветитьУдалитьAlbatta barcha paragraflardan testlar tayyorlanib sizlarga taqdim etiladi.
УдалитьHozirda yangi kitoblardagi mavzularga moslab testlarni tayyorlayapmiz.