5-sinfda
«Tarixdan hikoyalar» bilan
tanishgan edingiz. Siz uzoq
o‘tmish haqida bilimlar
qanday qilib jamlanishini
bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom
ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari
bilan tanishib chiqamiz.
Jahonda
shaharlar va davlatlar
paydo bo‘lgan davrlardan beri ming yillar o‘tdi. Ammo qadim
zamonlarda odamlar yaratgan ko‘pdan ko‘p narsalardan bugun ham kundalik hayotda
foydalanib kelinmoqda. Bu mehnat qurollari, sopol buyumlar, g‘ildirak, sopol suv
quvurlari, gazlamalar, yozuv
va boshqa ko‘pgina narsalardir. Qadimgi
zamon muallifl ari yozib
qoldirgan asarlar hali-hanuz
kishilarga saboq berib, tarbiyalab kelmoqda.
Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro‘y bergan voqealarni
qaytadan tiklash uchun katta kuch-g‘ayrat sarfl aganlar. Ular qadimgi shaharlarni
topib tekshirishdi va
charmga, sopolga, toshga,
shu ningdek, tangalarga bitilgan
sirli yozuvlarni o‘qishdi.
Siz endi ar xeologik topilmalar
nimalar haqida so‘zlab
berishini bilasiz. Qadimgi
bitiklarni o‘rganish bilan epigrafika, tangalarni
o‘rganish bilan esa numizmatika
degan maxsus fanlar shug‘ullanadi.
Insoniyat sodda mehnat
qurolla rini yasashdan to hunarmandchilik durdonalarini yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylarni qurib
olishdan to shaharlarni bunyod etishga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.
Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar
tashkil topishi va
rivojlanishi davrini olimlar ilk sivilizat siya deb ataydilar.
Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi
Sharq da, so‘ngra Yunonistondagi Krit
orolida boshlangan edi. Qadimgi
sivilizat siyalar jahonning ko‘pgina o‘lkalarida, jumladan, O‘zbekiston
hududida ham vujudga kelgan.
Yer yuzida odam
paydo bo‘lganidan to milodiy
476-yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar tarix
fanida Qadimgi dunyo tarixideb ataladi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va
yozma manbalar asosida o‘rganiladi.
Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim
saroy a’yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilmayil qayd
etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografi yalari (tarjimayi hol)da aks
ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va
qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va
dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi.
Olimlar o‘qigan qadimgi matnlar, masalan, «Piramidalar
matnlari» va «Marhumlar kitobi» misrliklar tarixi haqida, «Rigveda»– hindlar,
«Avesto» esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi.
Nil
vodiysidagi Misr
piramidalari, Dajla va
Frot oralig‘idagi Bobil, Hind
vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, Yunoniston, Rim va O‘rta Osiyoning
ko‘plab qadimgi shaharlari butun jahonga mashhurdir.
Biroq
qadimgi dunyo tarixiga
oid hali ochilmagan
sirlar oz emas. Balki
birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko‘p narsaga o‘rgatadi. Uni
«buyuk o‘qituvchi» deb bejiz aytishmagan. Shu bois har birimiz o‘z Vatanimiz
tarixini bilishimiz va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatiga
hurmat bilan qarashimiz kerak. Ushbu darslikni o‘qir ekansiz, ko‘plab
tushunilishi qiyin so‘zlarga, tarixiy atama va iboralarga duch kelasiz. Ularni yodlash,
esda saqlash kerak bo‘ladi.
DIIQAT!
Kirish bo'limining testlari 1-§ ga qo'shib berildi.
DIIQAT!
Kirish bo'limining testlari 1-§ ga qo'shib berildi.