1➤ 21. Nima uchun Buyuk Ipak yoʻli yurtimiz orqali oʻtgan?
➤ 21. Qulay geografik joylashuvga ega ekanligi uchun;
2➤ 22. Yurtimizdagi koʻhna qadamjolarni qazish orqali arxeologlar qaysi mamlakatlarning qanday buyumlarini topganlar?
➤ 22. Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topganlar;
3➤ 23. Jahondagi barcha xalqlarning tarixi qaysi tuzumdan boshlangan?
➤ 23. Ibtidoiy jamoa tuzumidan;
4➤ 24. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqichni aniqlang.
➤ 24. Ibtidoiy toʻda;
5➤ 25. Ibtidoiy jamoa tuzumi nima?
➤ 25. Insoniyat tarixining boshlangʻich davri boʻlib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy boʻlgan, hamma birgalikda mehnat qilgan;
6➤ 26. Ibtidoiy toʻda nima?
➤ 26. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi;
7➤ 27. Ibtidoiy toʻda asta-sekinlik bilan qanday jamoaga aylanib borgan?
➤ 27. Urugʻ jamoasiga;
8➤ 28. Urugʻ nima?
➤ 28. Birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarogʻlarga ega boʻlgan qarindoshlar jamoasi;
9➤ 29. Matriarxat nima?
➤ 29. Urugʻ jamoalarining ayol kishi, ya’ni ona atrofida jipslashishi;
10➤ 30. Nima uchun matriarxat oʻz oʻrnini patriarxatga boʻshatib berdi?
➤ 30. Mehnat qurollari va xoʻjalik yuritish shakllari takomillashgani uchun;
11➤ 31. Patriarxat nima?
➤ 31. Urugʻ jamoasini erkaklar boshqargan davr;
12➤ 32. .................... bilan eng qadimgi urugʻchilik yakunlandi.
➤ 32. Patriarxat;
13➤ 33. Nima uchun insoniyat tarixining boshlanishi “tosh davri” deyiladi?
➤ 33. Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli;
14➤ 34. Tosh davri nima uchun bosqichlarga ajratilib oʻrganiladi?
➤ 34. Tosh davri ancha uzoq davom etgani uchun;
15➤ 35. “Tosh davri” necha bosqich?
➤ 35. 4 bosqich;
16➤ 36. Tosh davri bosqichlarini va ularning ma’nolarini yozing.
➤ 36. Qadimgi tosh davri – paleolit (yunoncha «paleos» – «qadimgi» va «litos» – «tosh» soʻzlaridan); – oʻrta tosh davri – mezolit («mezos» «oʻrta»);– yangi tosh davri – neolit («neos» –«yangi»);– mistosh davri – eneolit (lotincha «eneus» – «mis» va yunoncha «litos» «tosh»)
17➤ 37. Paleolitning bosqichlarini va davom etish muddatlarini yozing.
➤ 37. Ilk→ mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil. oʻrta → mil.avv. 100 – 40 ming yil.soʻnggi → mil.avv. 40 –12 ming yil.