6➤ 26. Qadimda insonlarning fikrlash qobiliyatining oʻzgarishiga nima sabab boʻlgan?
➤ 26. Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida toʻplangan bilimlar
7➤ 27. Ibtidoiy odamlar uchun tushunarsiz boʻlgan hodisalarning ba’zilarini yozing.
➤ 27. Kun bilan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otilishi, yer qimirlashi;
8➤ 28. Inson nima uchun momaqaldiroq, yashin, shamol, yomgʻir kabi tabiat kuchlariga sigʻina boshlagan?
➤ 28. Tabiat hodisalarning sabablarini tushuna olmagani uchun;
9➤ 29. Qadimgi odamlar tabiatni qanday tasavvur qilgan va nimalarga e’tiqod qilgan?
➤ 29. Tabiatni jonli deb hisoblagan. Tabiatdagi turli hodisalar negizida gʻayritabiiy kuchlar yashiringan deb oʻylaganlar. Ular ana shu kuchlarga e’tiqod qilishgan;
10➤ 30. Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki oʻsimlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonishi nima deyiladi?
➤ 30. Totemizm
11➤ 31. Odamni oʻrab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e’tiqod qilishi nima deyiladi?
➤ 31. Animizm
12➤ 32. Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga ham e’tiqod qilganlar. Bu e’tiqod qanday nomlangan?
➤ 32. Fetishizm
13➤ 33. Soʻnggi paleolit davriga oid gʻorlar devorlaridagi rasmlar nimalar haqida hikoya qiladi?
➤ 33. Odamlarning diniy tasavvurlari toʻgʻrisida
14➤ 34. Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova gʻorlaridan topilgan gʻorlar devorlaridagi suratlar qaysi davrga oid?
➤ 34. Soʻnggi paleolit davriga
15➤ 35. Eng qadimgi rasmlar qayerlardan topilgan?
➤ 35.Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova gʻorlaridan topilgan
16➤ 36. Qadimgi odamlar nima uchun rasmlar chizgan?
➤ 36. Boʻlajak ovda yordam beradi deb hisoblashgani uchun;
17➤ 37. Qadimgi odamlar rasmlar qarshisida nimalar qilganlar?
➤ 37. Hayvonlar harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan;
18➤ 38. Qadimgi rasmlar bizga nimalar haqida ma’lumot beradi?
➤ 38. Inson nimalar haqida oʻylagani, tevarak dunyoni qay yoʻsinda tasavvur etgani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarogʻdan foydalangani haqida;
19➤ 39. Eng qadimgi tasviriy san’at rivojlanishiga nima sabab boʻlgan?
➤ 39. Odamning oʻzini qurshab turgan tevarak olamni tushunishga intilishi;
20➤ 40. Eng qadimgi gʻor devorlari suratlari qaysi gʻorlarda topilgan?
➤ 40. Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova gʻorlarida;
21➤ 41. Ilk paleolit odamlarini aniqlang.
➤ 41. Avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop va sinantrop;