1➤ 1. Qadimgi zamonlarda rimlik zoda-gonlar boʻlmish patritsiylar qanday uylarda yashaganlar?
➤ 1. Bir qavatli oddiy uylarda;
2➤ 2. Vaqt oʻtib rimliklar turmushida keskin oʻzgarishlar roʻy berganda badavlat kishilar qayerlarda yashaganlar?
➤ 2. Tomosha bogʻlar va chorbogʻlar koʻp, havosi esa pastlikdagi joylardagiga qaraganda ancha toza boʻlgan tepaliklar bagʻrida;
3➤ 3. Imperatorning yaqin kishilari qanday uylarga egalik qilganlar?
➤ 3. Muhtasham koshonalarga;
4➤ 4. Oddiy rimliklar qayerlarda yashagan. Bu yerlar qanday boʻlgan?
➤ 4. Tepaliklar oʻrtasidagi tekis joylarda yashagan. Bu yerlarda koʻchalar tor va iflos boʻlgan: axlatni toʻgʻri koʻchaga tashlashgan;
5➤ 5. Rim aholisi soni nima uchun muntazam ortib borgan?
➤ 5. Chunki Italiyaning toʻrt tomonidan xonavayron boʻlgan dehqonlar poytaxtga koʻchib kelganlari uchun;
6➤ 6. Kimlar Rim aholisi uchun «termalar» qurdirgan edi?
7➤ 7. Termalar nima? Bu soʻz qaysi tildan kelib chiqqan va nima ma’noni beradi?
➤ 7. Koʻrkam hammomlar. yunoncha «termos», «issiq» soʻzidan kelib chiqqan;
8➤ 8. Har bir rimlik qanday toʻlov evaziga termalarga tushish imkoniyatiga ega boʻlgan?
➤ 8. Arzimas toʻlov evaziga;
9➤ 9. Termalarda nimalar mavjud boʻlgan?
➤ 9. Suzish uchun hovuzlar, sport zallari;
10➤ 10. Termalar qoshida nima uchun kutubxonalar boʻlgan?
➤ 10. Ta’lim olish va fanlar bilan shugʻullanish uchun;
11➤ 11. Rimda madaniyatning asosiy belgisi nima boʻlgan?
12➤ 12. Rimda bolalarning maktabda ta’lim olishi nimaga bogʻliq boʻlgan?
➤ 12. Ota-onalarning tahsil uchun haq toʻlash imkoniyatlariga;
13➤ 13. Kambagʻal Rimliklarning farzandlari nima uchun maktabda oʻqimagan?
➤ 13. Xoʻjalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari uchun;
14➤ 14. Rim badavlat xonadoni farzandlari necha yoshdan maktabga qatnagan?
15➤ 15. Rimda yozuvni oʻrganayotgan bolalar nima bilan yozishgan?
➤ 15. Still bilan, mum qoplangan taxtachaga oʻyib yozishgan;
16➤ 16. Still nima?
➤ 16. Mum bilan qoplangan taxtachaga yozish uchun moʻljallangan temir tayoqcha;
17➤ 17. Koʻpchilik nimalarni oʻrgangandan keyin ta’lim olishni yakunlar edi?
➤ 17. Oʻqish, yozish va hisoblashni oʻrganganidan keyin;
18➤ 18. Grammatika nima?
➤ 18. Rimdagi oʻrta maktab;
19➤ 19. Rimda oʻrta maktabda qanday fanlar oʻrgatilgan?
➤ 19. Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya;
20➤ 20. Rimda asosan qaysi tilni oʻrganishga alohida e’tibor qaratilgan? Nima uchun?
➤ 20. Yunon tilini. Fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgani uchun;