1➤ 1. Qadimgi Misr davlatiga qoʻshni boʻlgan mamlakatlarni sanang.
2➤ 2. Qadimgi Misr davlati janubda qaysi davlat bilan chegaradosh boʻlgan?
3➤ 3. Nubiyaga misrliklar qaysi mahsulotlarni ayirboshlash uchun borganlar?
4➤ 4. Misrliklar mahsulotlarni ayirboshlash uchun Nubiyaga qanday borganlar?
5➤ 5. Qadimgi Misr davlati Liviya bilan qaysi tomondan chegaradosh-qoʻshni boʻlgan?
6➤ 6. Liviya qaysi choʻlda joylashgan?
7➤ 7. Liviya aholisi qanday hayot tarziga ega boʻlgan va asosiy mashgʻuloti nima boʻlgan?
8➤ 8. Qadimgi Misr davlatining dastlabki poytaxti boʻlgan Memfis shahri mamlakatning qaysi qismida joylashgan?
9➤ 9. Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali oʻtadigan yoʻl qayerga olib borgan?
10➤ 10. Sinay yarim orolidan qanday metall qazib olingan?
11➤ 11. Qadimda Sinay yarim orolidan shimolroqda qaysi mamlakat joylashgan edi?
12➤ 12. Falastinning yonboshida qaysi mamlakat joylashgan?
13➤ 13. Misrga qoʻshni boʻlgan qaysi mamlakatlar mis va temir rudasi hamda boshqa foydali qazilmalarga boy boʻlgan?
14➤ 14. Misrliklar qaysi mamlakatlardan hunarmandlar yasagan nodir buyumlar va qimmatbaho toshlar olib kelishgan?
15➤ 15. Qadimgi Misrda qaysi podsholik davrida qayer bosib olinib, mahalliy qabilalar Misrga soliq toʻlay boshlagan?
16➤ 16. Qaysi podsholik davrida fir’avnlar qaysi mamlakatlarga yurish qilib, shaharlarni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar?
17➤ 17. Oʻrta podsholik fir’avnlari qayerlarni Misrga qoʻshib olishga erishdilar?
18➤ 18. Qadimgi Misr davlatiga koʻchmanchi giksos qabilalari hujumi qachon sodir boʻlgan?
19➤ 19. Giksoslar hujum qilganda Misrliklar qoʻshinining asosiy kuchini aniqlang.
20➤ 20. Misrga hujum qilgan giksoslarning asosiy kuchini aniqlang.