1➤ 1. Misr aholisi uchun nima kundalik turmushning ajralmas bir boʻlagi hisoblangan?
2➤ 2. Qadimgi misrliklar xudolar qaysi hayvonlar siymosiga oʻtib olib, odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan?
3➤ 3. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud, deb oʻylashgan. Xudolarning bu jonlari qayerda yashashiga ishonganlar?
4➤ 4. Kohinlar kimlar?
5➤ 5. Ibodatxona ruhoniylari, xudolarni qanday boqish kerak, deb ishonishgan?
6➤ 6. Misrda qaysi xudo, poytaxt Memfis shahrining xudosi hisoblangan?
7➤ 7. Misrliklar e’tiqodicha, qaysi xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida koʻrishning iloji yoʻq?
8➤ 8. Ptaxning Yer yuzidagi qiyofasini aniqlang.
9➤ 9. Nima uchun Ptaxning yer yuzidagi qiyofasi mavjud bo‘lgan?
10➤ 10. Apis qanday tasavvur qilingan?
11➤ 11. Qachondan boshlab quyosh xudosi Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan?
12➤ 12. Dastavval ikkita xudo boʻlib, keyin ikkalasi yagona xudoga birlashgan xudolarni aniqlang.
13➤ 13. Fir’avnlar qaysi xudoning oʻgʻillari hisoblangan?
14➤ 14. Fir’avnlar ishlarni qanday amalga oshiradi, degan qarash mavjud boʻlgan?
15➤ 15. Qaysi xudo Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni hisoblangan?
16➤ 16. Nil xudosini aniqlang.
17➤ 17. Yerosti saltanati xudosini aniqlang.
18➤ 18. Rivoyatda aytilishicha, qaysi xudo Misrning ilk podsholaridan biri boʻlib, oʻz xalqini dehqonchilikka oʻrgatgan?
19➤ 19. Osirisni oʻldirgan, uning birodarini aniqlang.
20➤ 20. Osirisning xotinini aniqlang.
21➤ 21. Osirisni kim va qanday tiriltiradi?
22➤ 22. Nima uchun qadimgi Misrda marhumlar mumiyolangan?
23➤ 23. Xudolar va odamlar oʻrtasida kimlar vositachi boʻlgan?
24➤ 24. Kimlar diniy marosimlarni bilgan va qurbonlik oʻtkazgan?
25➤ 25. Kimlar Nil toshqini vaqtini, qachon urugʻlik sochish va hosilni yigʻishtirib olish muddatini aniq bilgan?
26➤ 26. Tot – qanday xudo?
27➤ 27. Anubis – qanday xudo?
28➤ 28. Maat – qanday iloha?
29➤ 29. Xatxor – qanday iloha?