TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI. YOPIQ TEST - 1

0

1➤ «xitoy odami» ma’nosini anglatadiA1:A25. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam.



2➤ ibodatxona ruhoniylari.



3➤ ibtidoiy odam, bu odamning nomi uning suyak qoldiqlari topilgan joy «Zinj» vodiysi va yunoncha «antropos»odam so‘zlari bilan bog‘langan.



4➤ ilk, eng qadimgi odam.



5➤ insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.



6➤ kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish.



7➤ lotincha «hukmdor», Rimda dastlab faxriy harbiy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom.



8➤ lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi.



9➤ miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sid dhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.



10➤ o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan.



11➤ odamlar xudolarga sig‘ingan muqaddas bino yoki joy.



12➤ oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab, «Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari.



13➤ qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.



14➤ Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori.



15➤ Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.



16➤ Rimning qadimgi tub aholisi.



17➤ tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot.



18➤ tevaragidagi hududlarni tasarrufi ga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar.



19➤ yunoncha «arxayos» - qadimgi, «logos» - fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi.



20➤ yunoncha «shahar».



21➤ yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat.



22➤ yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fi krini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum.



23➤ «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi.



24➤ «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi.



25➤ Antropologiya fanida zinjantrop va sinan trop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam.



Отправить комментарий

0 Комментарии
* Please Don't Spam Here. All the Comments are Reviewed by Admin.