— Endryu,
o'sha kitobdan boshingni ko’tar. Tishlaringni yuvish va uxlash vaqti bo’ldi.
— Voy,
oyijon! Yana besh daqiqa kutsangizchi! Misr haqidagi bobning oxiriga
yaqinlashdim.
— Yana
besh daqiqa va bu mening oxirgi javobim.
Besh daqiqa boshlandi va tugadi. Va
nihoyat, Endryu tishlarini yuvish uchun hammomga yo'l oldi. Qadimgi Misr hayoti
juda maftunkor edi. Qani edi faqat bir qismini boshdan kechirsa. Eshikni
ochganda, hammomning polida kichkina qora ip yotardi. Endryu yana takror qaradi. Yo'q,
o’sha ip harakatlanmoqda edi.
— Bu
nima bo'lishi mumkin?, — deb baland ovozda o'ziga savol berdi. — Hammom polida nima
bor ekan?
U o'z
xonasiga yugurdi va bir necha soniya ichida o'zining eng yaxshi lupasi bilan
qaytib keldi. Chumolilarning oqimlari pol bo'ylab harakatlanardi. Endryu
hayratda qoldi. Tomosha qilish uchun o'tirdi.
Polning bir
burchagida yotgan eng kichkina chumoliga ko’zi tushdi va boshqalari esa uning
atrofida g'imirlab yurardi. Shundaymi?
Yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas! Ular jasadni mumiyolashmoqdami?
Endryu birdan chap tomoniga qaradi.
Ko'proq chumolilar paydo bo'lishdi. Ular g'ishtga o'xshash jajji kvadrat
narsalarni itarish uchun harakat qilishardi. Ularni bir-birining ustiga
to'plashayotganda Endryu chuqur nafas oldi. Axir ular piramida qurayotgan
edilarda!
— Bu
ajoyib, — dedi chumolilarni bezovta qilmaslik uchun past ovozda. —Tasavvur
qiling, Misr tarixi mening hammomimda sodir bo'lmoqda!