16-§. Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston. YOPIQ TEST - 1

0

1➤ 1. Hindistonda qachon bir nechta: Magadha, Malla va Koshala kabi davlatlar vujudga keldi?



2➤ 2. Makedoniyalik Aleksandr Oʻrta Osiyoni zabt etganidan soʻng, qayerga bostirib kiradi?



3➤ 3. Aleksandr Hindistonga yetib kelishida qaysi oʻlka aholisi qattiq qarshilik koʻrsatadi?



4➤ 4. Aleksandr Hindistonga katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib borib, shundan keyin qayerga qaytib ketadi?



5➤ 5. Aleksandr Hindistonda qoʻshin qoldirib ortga qaytadi. Bu qoʻshinning taqdiri qanday kechadi?



6➤ 6. Yunon-makedon qoʻshinlariga qarshi kurashga kim sardorlik qiladi?



7➤ 7. Chandragupta Hindistonning qaysi tomonidagi barcha davlatlarni oʻz tarkibiga olgan davlatga asos solgan va bu davlatning nomi nima?



8➤ 8. Mauriya davlati poytaxtini aniqlang.



9➤ 9. Mauriya davlati qachon va kimning davrida yuksak darajada rivojlandi?



10➤ 10. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Hindistonda ilm-fanning qaysi sohalari yuksak darajaga erishadi?



11➤ 11. Qadimda hindlar tomonidan tuzilgan taqvim necha kundan iborat boʻlgan?



12➤ 12. Qadimgi Hindistonda sanash va hisoblashning qaysi tizimi keng tarqaladi?



13➤ 13. Qadimgi hindlar bugungi kunda butun dunyo qoʻllaydigan qaysi raqamlarni hozirgi koʻrinishda yozganlar?



14➤ 14. Qadimgi hindlar qaysi raqamni ifodalaydigan maxsus belgi oʻylab topadilar?



15➤ 15. Bugungi kunda butun dunyo qoʻllaydigan raqamlarni qadimgi hindlar hozirgi koʻrinishda yozgan boʻlsalar ham, bu raqamlar arab raqamlari deyiladi. Buning sababi nima?



16➤ 16. Hindistonda dunyoda mashhur qaysi oʻyin ixtiro qilingan? Bu oʻyinni hindlarning oʻzlari nima deb atashgan?



17➤ 17. Kimlar birinchi boʻlib shakarqamishdan shakar olganlar?



18➤ 18. Hindlar hunarmandchilikning qaysi sohasida kishini lol qoldirgulik natijalarga erishgan?



19➤ 19. Hindlarning qadimiy adabiy tili qaysi til? Bu adabiy til qaysi tillar asosida vujudga kelgan?



20➤ 20. «Mahabharat», «Ramayana» dostonlari qaysi tilda yozilgan?



21➤ 21. Hindlarning diniy e’tiqodlari nimaning ta’sirida oʻzgarib borgan?



22➤ 22. Buddaviylik dini Hindistonda vujudga kelgan boʻlib, qachon va kim tomonidan yaratilgan (nomi va taxallusi)?



23➤ 23. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama necha yoshga toʻlgancha hukmdor otasi saroyida betashvish kun kechirgan?



24➤ 24. Siddhartha Gautamaga insonning azobi va ajali qanday ma’lum boʻladi?



25➤ 25. Siddhartha Gautama hayotining tamomila oʻzgarib ketishiga nima sabab boʻladi?



26➤ 26. Siddhartha Gautama nima uchun saroydagi farogʻatli turmushdan voz kechadi va dunyo boʻylab sayohatga otlanadi?



27➤ 27. Ma’rifatga erishgan Budda nimani tushunib yetadi va qanday xulosaga keladi?



28➤ 28. Budda va uning izdoshlari boʻlgan buddaviylar inson qanday ishlarni qilmasligi kerak, deb hisoblaydilar?



29➤ 29. Buddaviylik dini nima sababdan inson har qanday xohish-istaklardan voz kechishi zarur, deb hisoblaydi.



30➤ 30. Avvaliga buddaviylarda nima uchun xudo boʻlmagan?



31➤ 31. Avvaliga xudolarsiz boʻlgan buddaviylar dinida kim xudoga aylanadi?



32➤ 32. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida Buddaning haykallarini koʻrish mumkin. Bu haykallarda Budda qanday tasvirlangan?



Отправить комментарий

0 Комментарии
* Please Don't Spam Here. All the Comments are Reviewed by Admin.