1➤ 1. Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham sivilizatsiya qayerda vujudga keladi?
2➤ 2. Xitoyda qadimgi sivilizatsiya qaysi daryolar boʻyida vujudga keladi?
3➤ 3. Qadimgi Xitoy hududida ilk davlat qayerda va qachon paydo boʻlgan?
4➤ 4. Qadimgi Xitoy hududida paydo boʻlgan ilk davlatni qaysi sulola hukmdorlari boshqarib turganlar?
5➤ 5. Kim Sya sulolasi podshosini taxtdan agʻdarib, davlatni oʻziga boʻysundirgan?
6➤ 6. Qadimgi Xitoyda qaysi davlatning nomi mamlakatning bosh shahri nomidan kelib chiqib qoʻyilgan?
7➤ 7. Qachon va qaysi qabila Shanga bostirib kiradi?
8➤ 8. «Chjou» degan katta davlat qanday bunyod etiladi?
9➤ 9. Qaysi davlat hukmdorlari «Osmon ostidagi podsholik», oʻzlarini esa «Osmon oʻgʻillari» deb atashgan?
10➤ 10. Nima uchun qadimgi Xitoydagi davlat «Osmon ostidagi podsholik» deyilgan? Bu davlat Xitoyning qaysi qismini toʻliq oʻz ichiga olgan?
11➤ 11. Xitoyda azaldan qaysi kasb e’tiborli va faxrli hisoblangan?
12➤ 12. Xitoyda sholi ekilgunga qadar nimalar asosiy dehqonchilik ekinlari sifatida yetishtirilgan?
13➤ 13. Xitoyga sholi urugʻi qayerdan keltirilgan?
14➤ 14. Xitoyda yetishtirilgan qaysi daraxt barglaridan jahonda tez tarqalgan shifobaxsh ichimlik tayyorlanadi?
15➤ 15. Qanday daraxt yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashgʻulotlaridan biri boʻlgan?
16➤ 16. Ipak qurti nima bilan boqiladi?
17➤ 17. Chjou markaziy hokimiyati qachon zaiflasha boshladi?
18➤ 18. Chjou markaziy hokimiyati nima sababdan zaiflasha boshlagan?
19➤ 19. Nimadan foydalangan Chjou davlatining chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, oʻz davlatlarini tashkil eta boshlaganlar?
20➤ 20. Qadimgi Xitoy tarixida qaysi davr «koʻp podsholiklar» davri nomini olgan? Bunga nima sabab boʻlgan?
21➤ 21. «Kurashayotgan podsholiklar» davri qaysi mahalda boshlanadi?
22➤ 22. «Zafaryor» –kim?
23➤ 23. Xitoyda Chjou imperatorlari bilan mustaqil boʻlishga intiluvchi viloyat hukmdorlari oʻrtasidagi urushlar necha yil davom etgan?
24➤ 24. Xitoyda qaysi davlat hukmdorlari barcha raqiblarini yoʻqotib yagona davlat tuzadi?