1➤ 1. Odamlar qaysi davrda misdan mehnat qurollari yasashni oʻrgandilar?
➤ 1. Neolit davrining oxirida;
2➤ 2. Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri qanday nomlanadi?
➤ 2. Eneolit (mis-tosh) davri;
3➤ 3. Eneolit (mis-tosh) davri davom etgan muddatlarni aniqlang.
➤ 3. Mil. avv. 4 – 3- ming yillikning oʻrtalarida;
4➤ 4. Ilk shaharlar va davlatlar qachon va qayerda vujudga kelgan?
➤ 4. Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi;
5➤ 5. Oʻrta Osiyo janubida eneolit davrida yuz bergan hodisalarni aniqlang.
➤ 5. Sun’iy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom gʻishtdan koʻp xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi;
6➤ 6. Eneolit davrida sopol idishlar qanday bezatilgan?
➤ 6. Hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va oʻsimlik naqshlari bilan bezatilgan;
7➤ 7. Bronza qanday olinadi?
➤ 7. Misni eritib, qalay, qoʻrgʻoshin yoki rux bilan qoʻshib, bronza olishni oʻrganganlar;
8➤ 8. Nima uchun va qachondan boshlab bronza mehnat qurollari, qurol-yarogʻlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi?
➤ 8. Bronza misdan koʻra ancha qattiqligi tufayli. Mil. avv. 3-ming yillik oʻrtalaridan boshlab;
9➤ 9. Bronza mehnat qurollariga ega boʻlish nimalarga olib keldi?
➤ 9. Dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirishga;
10➤ 10. Qaysi davrda chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi?
➤ 10. Bronza davrida;
11➤ 11. Matriarxatda ayollar qanday vazifalarni bajargan va mavqei qanday boʻlgan?
➤ 11. Muhim ishlar ayollar zimmasida boʻlib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, hayvon terilarini tozalash, kiyim-bosh tayyorlash), jamoada ularning mavqei erkaklarnikiga nisbatan ancha baland boʻlgan;
12➤ 12. Matriarxatda qaysi ayollarning mavqei ayniqsa baland boʻlgan?
➤ 12. Yoshi katta ayollarning mavqei;
13➤ 13. Urugʻda erkakning mavqei nima sababdan ortib bordi?
➤ 13. Omoch bilan yer haydab, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi natijasida urugʻni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qoʻliga oʻtishi sababli;
14➤ 14. Patriarxatda ayollar qanday yumushlarni bajargan?
➤ 14. Uy xoʻjaligi yumushlarini;
15➤ 15. Patriarxal oila nima?
➤ 15. Ota tomonidan yaqin qarindosh-larning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oila;
16➤ 16. Zamonbobo koʻli yaqinida topilgan manzilgoh qaysi davrga tegishli va qayerda joylashgan?
➤ 16. Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2- ming yillikka oid (Bronza davri) manzilgohi Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani;
17➤ 17. Zamonbobo koʻli qaysi daryo havzasida joylashgan?
➤ 17. Zarafshon daryosi havzasida
18➤ 18. Sopollitepa manzilgohi qayerda va qaysi davrga tegishli?
➤ 18. Bronza davriga oid, Surxondaryoning Muzrabod tumanida;
19➤ 19. Sopollitepa manzilgohidan nimalar topilgan?
➤ 19. Xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bugʻdoy va arpa doni topilgan;
20➤ 20. Jarqoʻton manzilgohi qayerda joylashgan va qaysi davrda vujudga kelgan?
➤ 20. Bronza davriga oid, Surxondaryoda hozirgi Sheroboddan uncha uzoq boʻlmagan joy;
21➤ 21. Qaysi manzilgoh tuzilishida ilk shahar alomatlari koʻzga tashlanadi va u qanday tuzilgan?
➤ 21. Jarqoʻton tuzilishida. Bu manzilgoh ikki qismdan iborat boʻlgan: qal’a va uning atrofida jamoa a’zolari boʻlmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan
22➤ 22. Yurtimizdagi qaysi manzilgohdan va qaysi davrga oid ibodatxona qoldiqlari topilgan?
➤ 22. Jarqoʻton manzilgohidan, Bronza davriga oid;
23➤ 23. Bronza davri manzilgohlari aholisi qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan?