1➤ 1. Temir mis va bronzadan qanday afzallikka ega?
➤ 1. Mis va bronzaga nisbatan qattiqroq;
2➤ 2. Nima uchun temirga ishlov berish qiyin?
➤ 2. Yuqori haroratda eriganligi uchun
3➤ 3. Temir qanday haroratda eriydi?
4➤ 4. Temirdan birinchi boʻlib kim, qachon va qayerda foydalangan?
➤ 4. Kichik Osiyodagi xettlar foydalana boshlaganlar mil. avv. XIV–XIII asrlarda;
5➤ 5. Xettlardan keyin temirdan kimlar foydalangan?
➤ 5. Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti mamlakatlari
6➤ 6. Nima uchun dastlab temirdan zeb-ziynat buyumlari tayyorlangan?
➤ 6. Sof temir tabiatda kamyob metal boʻlgani uchun;
7➤ 7. Temir zeb-ziynatlar qayerlarda topilgan?
➤ 7. Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qoʻrgʻoni yodgorligidan;
8➤ 8. Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo, qaysi sohaning rivojlanishiga sabab boʻldi?
9➤ 9. Qaysi mehnat qurollarining paydo boʻlishi katta maydonlardagi dehqonchilikning rivojlanishiga sabab boʻldi?
➤ 9. Temir omoch va boltalar;
10➤ 10. Oʻrta Osiyoda qachon temirdan yasalgan mehnat qurollari topilgan?
➤ 10. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda;
11➤ 11. Mehnat unumdorligining oshishiga va ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga nima sabab boʻldi?
➤ 11. Temir qurollarning keng tarqalishi;
12➤ 13. Qabilalar ittifoqi nima uchun paydo boʻlgan?
➤ 13. Doimiy harbiy toʻqnashuvlar sababli;
13➤ 14. Qabilalar ittifoqlariga kim rahbarlik qilgan va jamiyat qanday tamoyillar asosida yashagan?
➤ 14. Harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilganlar, jamiyat esa harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay boshlagan;
14➤ 15. Temir asri boshlarida Oʻrta Osiyoda aholi qanday toʻrt guruhga boʻlindi?
➤ 15. Kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar;
15➤ 16. «Nmana» nima? Uni qaysi manbadan bilamiz?
➤ 16. “Avesto” kitobida katta patriarxal oilasi shunday atalgan
16➤ 17. «Vis» nima?
➤ 17. Avestoda urugʻ jamoasi shunday atalgan;
17➤ 18. «Varzana» nima?
➤ 18. Hududiy qoʻshnichilik jamoasining Avestodagi nomlanishi;
18➤ 19. «Zantu» nima?
➤ 19. Qabilaning “Avesto” kitobidagi nomlanishi;
19➤ 20. «Dax’yu» nima?
➤ 20. Qabilalar ittifoqining “Avesto” kitobidagi nomlanishi;
20➤ 21. Harbiy demokratiya nima?
➤ 21. Ilk davlatchilikka oʻtish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qoʻyilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli;
21➤ 22. Ijtimoiy tuzum taraqqiyotining ketma-ketligini yozing.
➤ 22. Ibtidoiy toʻda→urugʻ→qabila→ qabilalar ittifoqi;